ANCHA YAXSHI KO'ZOYNAK LINZALARI, YANADA SOG'LOM KO'ZLAR

Ko'zingizning ko'rish qobiliyatini yaxshilash bilan bir qatorda, maxsus qoplamali linzalar ko'zni yorug'lik va zararli nurlardan himoya qilishga yordam beradi. Toza havoda intensiv mashg'ulotlardan tortib raqamli qurilmalar bilan ishlashga qadar-sizning ko'zoynagingiz turmush tarzingizga mos ravishda tanlanishi va sizni himoya qilishi kerak.

MASHQLAR VA KO'ZLARINGIZ

Muntazam jismoniy mashqlar qilish tanangizni chiroyli shaklda bo'lishiga yordam beribgina qolmay, balki jiddiy kasalliklarga chalinishdan saqlanishingizga va ko'zlaringizning salomatligini saqlashga ham yordam beradi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, muntazam ravishda jismoniy mashqlar qilish, ko'zlardagi qon bosimini kamaytiradi.

KO'ZLARINGIZ PARVARISHGA MUHTOJ

Boshqa a'zolar singari, ko'zlaringiz ham tanangizga qanday g'amxo'rlik qilishingizga bog'liq. Muntazam jismoniy mashqlar semizlik va noto'g'ri jismoniy shakl bilan bog'liq ko'z kasalliklarini oldini olishga yordam beradi. Haftada bir necha marta sayr qilish sizning ko'zingizdagi nervlarning bosimini kamaytirishga yordam beradi.

YURIB MASHQLAR QILISH

Agar sizning tig'iz kun tartibingizda jismoniy mashqlar uchun ko'p joy bo'lmasa, kundalik hayotingizga ko'proq harakatlar tarzida kichik o'zgarishlar kiriting, masalan, lift o'rniga zinapoyadan chiqing.

KO'K NURNING YASHIRIN SALBIY TA'SIRI

Quyoshning tabiiy ko'k nurlari sizning bedor bo'lishingizga va sutkalik bioritmingizni tartibga solishga yordam beradi. Lekin xonada yoqimsiz ko'k nurlar kompyuterlar va smartfon ekranlari kabi raqamli qurilmalardan chiqadi.

Agar siz kompyuterda ishlayotgan bo'lsangiz, smartfondan foydalansangiz yoki televizor tomosha qilsangiz, ko'k nur ta'siriga duchor bo'lasiz. Ko'k nurning ortiqcha kuchli ta'siri vaqt o'tishi bilan ko'zlarga zarar yetkazishi mumkin. Bolalar, ayniqsa, zaifdir, chunki ularning ko'zlari ultrabinafsha va ko'k nurlarga qarshi tabiiy himoyani hali shakllantirmagan.

Ko'k nurni yutadigan linzalarni taqib yurish, ko'zlaringizni bu yashirin zararli nurlardan himoya qilishi mumkin.

QUYOSH VA KO'ZLARINGIZ

Kuchli quyosh nurlari ta'siriga duch kelganingizda har doim quyoshdan himoya ko'zoynaklarini taqing. Ko'zni himoya qilishning yana bir profilaktik chorasi quyosh boshimizning qoq tepasida bo'lganida soyaboni keng shlyapa yoki beysbol kepkasini kiyishdir. Agar to'g'ri himoyadan foydalanmasangiz, katarakta, makulyar degeneratsiya yoki ko'z ichi melanomasining rivojlanish ehtimoli ortadi-bularning barchasi ko'zingizni abadiy ishdan chiqarishi mumkin.

ULTRABINAFSHA NURLARIDAN HIMOYA QILISH

Hamma quyoshdan saqlaydigan ko'zoynaklar ham ultrabinafsha nurlari ta'siridan bir xil darajada himoya qilavermaydi. Eng xavfli ultrabinafsha nurlarini to'sish uchun qutblangan yoki ultrabinafsha nurlaridan himoyalovchi ko'zoynaklarni xarid qiling.

UB nurlari bilan ko'zlarga yetkazilgan zarar bir umr saqlanib qolganligi sababli, bolalaringizni boshidanoq himoya qilish muhimdir. Ular quyosh ta'sirida bo'lganda bosh kiyimi va quyoshdan himoyalovchi ko'zoynak taqqanligiga ishonch hosil qiling.

Seiko ko'zni to'g'ridan-to'g'ri ultrabinafsha nurlaridan himoya qiluvchi qoplamalarni taklif etadi.

ENG ASOSIYSI-BU QULAYLIKDIR

Avtomobil haydash, sport bilan shug'ullanish, raqamli hayot, yopiq xonada, yomg'irda yoki quyoshda bo'lish kabi vaziyatlardan qat'i nazar, siz ko'rishdan maksimal darajada qulay taassurotlarga ega bo'lishingiz kerak.

KO'RISH QOBILIYATINGIZNI YAXSHILAYDI

Optimal qulaylik va mukammal ko'rish uchun linzalarni shaxsiy ehtiyojlaringizga mos ravishda tanlang.