SEIKO I Xceed
Agar siz hayotda yuqori standartlarni o'rnatishga odatlangan bo'lsangiz va linzalaringiz sizning shaxsiy, nozik uslubingizni aks ettirishi kerak deb hisoblasangiz, SEIKO I Xceed siz izlayotgan linzadir.
Ushbu oliy toifali monofokal linzalar sizning taqish parametrlaringiz bo'yicha individual ravishda tanlanadi va turmush tarzingizni inobatga olgan holda puxtalik bilan ishlab chiqariladi.
Seikoning yagona monofokal linzalari afzal ko'rilgan ko'rish masofalarini hisobga olgan holda, sizning uzoq, o'rta yoki yaqin masofadan ko'rish ehtiyojlaringizdan qat'i nazar, linzalarning barcha sohalarida maksimal ravshanlikni ta'minlaydi.
Yuqori uslub bilan birlashtirilgan inkor etilmaydigan ko'rish samaradorligini baholang. Chunki yuqori moda aniqlikdan boshlanadi.
Eng kichik tafsilotlargacha maxsus sozlamalar ajoyib sifatni ta'minlaydi
Linzalarning butun yuzasi bo'ylab aniqlik ajoyib samaradorlikni beradi
Misli ko'rilmagan nozik dizayn yuz xususiyatlarini yaxshilaydi
HAYOT TARZINGIZGA MOS KELISH UCHUN MOSLASHTIRILGAN
Ko'zlaringizning yangi ko'zoynaklarga moslashishi uchun zarur bo'lgan vaqtni sezilarli darajada qisqartirish usuli - kuningizni qanday o'tkazishingizni hisobga olgan holda, linzalarni yaratishdan iboratdir. Kundalik ko'rish ehtiyojlaringizga mos ravishda linzalarni ishlab chiqish, ajoyib ko'rish tajribasini taqdim etadi.
Sizning hayot tarzingiz kimligingizni belgilaydi va SEIKO I Xceed aynan shu maqsadda yaratilgandir.
A turiga mansub hayot tarzi
Agar siz rasm va matnlarni masofadan tomosha qilishga ko'proq vaqt sarflasangiz, A turidagi turmush tarzi sizning eng yaxshi tanlovingiz bo’ladi.
B turiga mansub hayot tarzi
Yaqin va uzoqni ko'rish o'rtasida teng muvozanatni saqlash uchun B turidagi turmush tarzi siz uchun zo’r yechim bo’ladi.
C turiga mansub hayot tarzi
Agar sizning ko'rish istaklaringiz matnlarni o'qish va rasmlarni yaqin masofadan ko'rish bo'lsa, C turmush tarzi siz uchun eng yaxshi tanlov bo'ladi.
MAKSIMAL USLUB
Aniqroq ko'rish uchun
MAKSIMAL ANIQLIK
Juda aniq ko'rish uchun
MUVOZANAT ZONASI TEXNOLOGIYASI
Seikoning Balance Zone Technology texnologiyasi linzalar yuzasining barcha sohalarida yuqori nafislik va tasvir ravshanligini maksimal darajada birlashtirishga imkon beruvchi noyob linzalar texnologiyasi hisoblanadi.
Odatda qalin linzalar tufayli yuzaga keladigan kattalashtirish va kichraytirishning ta'sirini kamaytirish orqali ko'z va yuz xususiyatlarini kosmetik tuzatishga imkon beradi. Shunday qilib, sizning tabiiy ko'rinishingiz imkon qadar aniq saqlanadi. Shu bilan birga, butun linza bo'ylab tasvir aniqligi optimallashtirilib, ajoyib vizual aniqlikni ta'minlaydi.
Bu maksimal samaradorlik va nozik uslubning mukammal uyg'unligidir.
O'ZINGIZGA ISHONCHNI HIS ETING.
CHIROYLI KO'RINISHGA EGA BO'LING.
Ko'zning juda tabiiy ko'rinishi
Markaziy zonada maksimal aniqlik
Juda nozik linzalarning chekkalari
SIFATLI MATERIALLAR VA HIMOYA QOPLAMALAR
Materiallar, qoplamalar va ranglarning uyg'unligi foydalanuvchining shaxsiy uslubini belgilaydi. Eng yaxshi natija uchun optimal komponentlarni tanlash kerak.
Seiko turli xil yuqori sifatli variantlarni taklif qiladi, ular orasida ayniqsa uchtasi Seiko I Xceed profilini kuchaytiradi.
MATERIALI: YUPQA VA XUSHBICHIM
Seiko 1.74 indeksi eng nozik va jozibali linzadir. U maksimal qulaylikni ta' minlaydi, vizual buzilishlarni ancha kamaytiradi va nafis tashqi ko'rinishni ta'minlaydi. Yuqori darajadagi murosasiz samaradorlik va noyob estetikani izlayotgan har bir kishi uchun oqilona tanlov hisoblanadi.
___
QOPLAMA: QIRILISH VA IFLOSLANISHDAN HIMOYA
Zararli ultrabinafsha nurlari bulutli ob-havoda ham mavjud. Shuning uchun SEIKO SuperResistantCoat - UV qoplamasidan foydalanish tavsiya etiladi. U ikkala ko'zni va linzalarni himoya qilish uchun aniqlik bilan tayyorlangan. Qirilish va ifloslanishga chidamli sirti tufayli linzalar uzoq vaqt yangiligicha qoladi va o'zining asl holatini saqlab qolish bilan birga tozalashni juda kam talab qiladi.
___
RANGI: FUNKTSIONAL VA ZAMONAVIY
Seikoning yangi PolarThin Green linzalari bilan ko'zni qamashtiradigan yaltirashlardan saqlaning. Shisha sirtlari, suv yoki qor kabi yaltiraydigan yuzalar endi sizni bezovta qilmaydi. Bundan tashqari, Seikoning PolarThin texnologiyasi eng ingichka linzalar muammosiga mukammal yechim bo'lib xizmat qiladi.
DOIMIY TAKOMILLASHTIRISH
SEIKO I Xceed yangi standartlarni o'rnatadigan maxsus sozlamalar tufayli oldingi monofokal linzalarning hamma turlaridan ustun turadi. Muayyan turmush tarziga alohida e'tibor berish, uni kiygan odam kabi noyob linzalarni yaratishga imkon beradi.