ANCHA YUQORI KONTRAST VA BOY RANGLAR. KO'ZNI QAMASHTIRMAYDI.

SEIKO PolarThin dunyodagi eng nozik qutblangan linzalar bo'lib, yaltirashni to'liq kamaytirish, kontrastni va rangni yaxshilash imkonini beradi. Yengil dizayni va ingichka shakli bilan ular barcha turdagi, shu jumladan gardishsiz va usti gardishli modellarda ham ishlatilishi mumkin. Linzalaringizga tabiiy rang berish uchun sovuq kulrang yoki och jigarrang ranglardan birini tanlang.

Xalqaro kompaniya bo'lganimiz sababli, mahsulotimizning assortimenti mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. Mintaqangizda mavjudligini tasdiqlash uchun Seiko Vision mutaxassisiga murojaat qiling.

ILG'OR QUTBLANISH FILTRI

Ochiq havoda faoliyat olib borganingizda, ko'zingizni kuchli quyosh nulari ta'siridan himoya qilishingiz juda muhimdir. Aks holda, sizga to'g'ridan-to'g'ri quyosh nuri va ko'zni qamashtiruvchi nurlar ta'sir qilishi mumkin, bularning ta' sirini oddiy quyoshdan saqlovchi ko'zoynaklar to'sa olmaydi. SEIKO PolarThin innovatsion qutblanish filtri bilan yaltirashlar kamayadi, uning foydalari esa behisobdir.

YAXSHILANGAN RANG VA KONTRAST

SEIKO PolarThin filtrining qo'shimcha afzalligi yaxshilangan kontrast bo'lib, tashqaridagi ranglarni yanada yorqin va to'qroq his qilish imkonini beradi. Tabiatni ilgari hech qachon bo'lmagani kabi his etishga tayyorlaning.

BOSHQA SEIKO LINZALARI

Seiko linzalarining barcha turlarini o'rganing. Barcha Seiko linzalari eng yuqori aniqlik bilan ishlab chiqariladi, bu esa har qanday ehtiyojga mos keladigan choksiz dizayn tufayli linzalarning u chekkasidan bu vhekkasigacha aniq ko'rishni ta'minlaydi.